Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;
2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;
3) qaror chiqarilgan ish;
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni;
6) sudning apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e'tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324¹⁰-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.