Prokuror ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan:
1) jinoyat ishlari bo'yicha sud tergov sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV¹ bobida belgilangan tartibda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyalari sudiga;
2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Iqtisodiy sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
317-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish
(317-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.