Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni aniqlagan mansabdor shaxsning muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish to'g'risida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan qarori;
2) yashash manzillari (manzillar bo'yicha byuro) haqida ma'lumotlar beruvchi organning ma'lumotnomasi, shuningdek muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasidagi ma'lum bo'lgan oxirgi yashash joyini tekshirish natijalari to'g'risidagi ma'lumot;
3) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsning tushuntirishi yoki bunday shaxs tomonidan tushuntirish berish rad etilganligi to'g'risida tegishli tarzda tuzilgan dalolatnoma;
4) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma;
5) muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsning huquqlari, shu jumladan advokatning yuridik yordamidan foydalanish huquqi va o'z yaqinlariga telefon orqali qo'ng'iroq qilish huquqi tushuntirilganligi haqidagi bayonnoma.
Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
313⁸-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.