Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313⁵-modda. Sud qarori

(313⁵-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sud qarorining kirish qismida: qaror chiqarilgan vaqt va joy; qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan bo'lsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashg'ulotining turi, ma'lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos bo'lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313⁴-moddasida sanab o'tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi. Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida ko'rsatilgan boshqa asoslar bo'yicha tugatish haqidagi, ma'muriy jazoning qo'llanilishi to'g'risida yoxud uni ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni qo'zg'atgan organga yuborish haqidagi; ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi; zararning o'rnini qoplash haqidagi. Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.