Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313²-modda. Yarashuv to'g'risidagi ariza

Jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to'g'risidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko'rib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin. Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to'g'risidagi iltimos ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instantsiya sudida sud muhokamasidan o'tkazilayotganda berilgan bo'lsa, sud uni darhol ko'rib chiqishga kirishadi. Agar ish bo'yicha bir necha jabrlanuvchi bo'lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to'g'risidagi ishni yuritish mumkin. Arizani qabul qilish chog'ida vakolatli organ (mansabdor shaxs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo'yicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yo'qotishini tushuntirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.