Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko'rib chiqish tugashi bilanoq darhol e'lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek o'zining iltimosiga ko'ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo'natiladi.
Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi jo'natilsa, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qo'yiladi.
Xizmat qurolidan va uning o'q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo'lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi uchinchi, to'rtinchi va oltinchi qismlarida, 221-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning ko'chirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga ma'lumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan foydalanishini taqiqlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
311-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e'lon qilish va uning nusxasini berish
(311-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.