Dalillarni to'plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo'li bilan ko'maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo'llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan, ishning yakunidan manfaatdor bo'lmagan voyaga yetgan shaxs mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin emas.
Mutaxassis: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishning tekshirish mavzusiga doir materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma'lumotlarni yozib olish yoki ko'chirma nusxalar olish; maslahatlar (tushuntirishlar) berish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha materiallar va o'rganish ob'yektlarini taqdim etish to'g'risida iltimosnomalar berish; ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish o'z ish yurituvida bo'lgan organning (mansabdor shaxsning) ruxsati bilan ishni ko'rib chiqish chog'ida hozir bo'lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga tekshirish mavzusiga taalluqli savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni ko'zdan kechirish; o'z maslahatlari (tushuntirishlari) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan noto'g'ri talqin qilinganligi xususida ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan fikr-mulohazalar bildirish; agar u ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, ona tilida maslahat berish va tushuntirishlarini bayon qilish hamda bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish o'z ish yurituvida bo'lgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ushbu mutaxassisning huquqlari va erkinliklarini buzsa, mazkur organning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Mutaxassis: o'ziga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarini har tomonlama va to'liq tekshirishdan o'tkazishi, o'z oldiga qo'yilgan masalalar yuzasidan asosli va xolisona maslahatlar (tushuntirishlar) berishi; ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish o'z ish yurituvida bo'lgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan kelishi; o'tkazilgan tekshirish xususida ko'rsatuvlar berishi va o'zi bergan maslahatlarni (tushuntirishlarni) tushuntirib berish uchun qo'shimcha savollarga javob berishi; tekshirish o'tkazilishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining va ish materiallarining but saqlanishini ta'minlashi; ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda tartibga rioya etishi shart.
Mutaxassisning barcha yuzaga kelgan masalalar bo'yicha maslahatlari sudga yozma shaklda taqdim etilishi kerak, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish bayonnomasiga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
299²-modda. Mutaxassis
(299²-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.