Ma'muriy javobgarlik kodeksi

292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tkazish

Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar bo'lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o'tkazilishi kerak. Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.