Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Ma'muriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo'llaniladi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 51², 51⁸, 51⁹, 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qo'llanilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment to'lash bo'yicha majburiyatlarga ega bo'lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
29¹-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish
(29¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Chet el fuqarolarini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasidan majburiy ravishda chiqarib yuborish. Ular mustaqil chiqib ketishlari yoki davlat nadzori ostida ketishlari mumkin. Keyinchalik bir yildan uch yilgacha O'zbekistonga qayta kirish taqiqlanadi.
Kimga tegishli
Tuman yoki shahar sudlari jinoyat ishlari bo'yicha bu qarorni qabul qiladi.
Amalda
Agar chet el fuqarosi O'zbekistonda huquqbuzarlik qilsa (masalan, hujum, o'g'irlik), sud uni chiqarib yuborish hukmi chiqarishi mumkin. Shu shaxs uch yil davomida O'zbekistonga qayta kira olmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.