Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmalarining, havo transportining, bojxona organlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining vakolatli shaxslari, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati bo'lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ko'rikdan o'tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo'lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ashyolarni ko'zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmalarining, havo transportining, bojxona organlarining, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining, soliq organlarining, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining, adliya organlarining (intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilishda), O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlarining, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek tegishli vakolati bo'lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo'lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko'zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo'lsa, o'sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko'zdan kechirib chiqilishi mumkin.
Shaxsiy ko'rikdan o'tkazish va ashyolarni ko'zdan kechirish to'g'risida bayonnoma tuziladi yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga yoxud ma'muriy yo'l bilan ushlab turish to'g'risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo'yiladi.
Bojxona muassasalarida shaxsiy ko'rikdan o'tkazish va ashyolarni ko'zdan kechirish bojxonaga doir qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
289-modda. Shaxsni ko'rikdan o'tkazish va ashyolarni ko'zdan kechirish
(289-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.