Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish bu ishga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qo'yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
1) ushbu Kodeksning 47⁴, 47⁵, 51², 51⁸, 51⁹, 54, 56-moddalarida, 56¹-moddasida (jamoat transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 61-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70¹, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116¹, 116², 116³, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining to'rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202¹, 203, 204, 205, 209, 209¹, 210-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 225¹, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
2) ushbu Kodeksning 184², 184³, 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasi birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari tomonidan;
3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo'riqlanadigan ob'yekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmasining katta mansabdor shaxsi tomonidan;
4) Qurolli Kuchlar va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138 -moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
6) ushbu Kodeksning 90¹, 184², 184³, 185¹, 189, 189¹, 198, 227, 227¹— 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;
7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;
8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o'zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining to'rtinchi qismida, 165¹-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176³-moddasida, 176⁴-moddasining ikkinchi qismida, 186¹, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;
9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90¹, 91, 91¹, 91², 184², 184³, 185, 185¹, 185², 185³,186, 187, 188, 188³, 189, 189¹, 191, 192, 194¹, 195¹, 198-moddalarida, 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
287-modda. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
(287-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 19 майдаги ЎРҚ-1146-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2026 й., 03/26/1146/0514-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.