Boshqa ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanib bo'linganidan keyin ma'muriy huquqbuzarlikni to'xtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo'lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida tuzish imkoni bo'lmagan taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish, ishlarning o'z vaqtida va to'g'ri ko'rib chiqilishini ta'minlash va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma'muriy yo'l bilan ushlab turishga, shaxsan ko'rikdan o'tkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini ko'zdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qo'yishga yo'l qo'yiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaxsni ma'muriy yo'l bilan ushlab turish, shaxsan ko'rikdan o'tkazish, uning ashyolari, transport vositalarini ko'zdan kechirish va ashyo hamda hujjatlarini olib qo'yish tartibi ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
285-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishni ta'minlash choralari
(285-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda ma'muriy huquqbuzarlik (qonun buzish) to'g'risidagi ishlarni to'g'ri va tezda ko'rib chiqish uchun kerakli choralarni belgilaydi. Huquqbuzarni aniqlash, uning hujjatlarini tekshirish, zarur bo'lsa shaxsni vaqtincha ushlab turish kabi amallarni o'z ichiga oladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoidalar politsiya, soliq inspeksiyasi va boshqa hokimiyat organlari tomonidan qo'llaniladi.
**Amalda**
Yo'lda siz transport vositasini to'g'ri yo'lda olib borayotganingizda, agar politsiya xodimi qonun buzganingizni shubha qilsa, sizni to'xtata oladi, pasportingizni ko'radi, zarur bo'lsa mashinangizni tekshiradi va hujjatlarni olib qo'yadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.