Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko'rib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog'ozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) o'zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo'shib qo'yiladi, shundan so'ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qog'ozdagi ko'chirma nusxalari bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
269¹-modda. Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar
(269¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-597-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 25.12.2019 й., 03/19/597/4193-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.