Ma'muriy javobgarlik kodeksi

268⁵-modda. O'zbekiston Respublikasi o'simliklar karantini va himoyasi organlari

(268⁵-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 январдаги ЎРҚ-898-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2024 й., 03/24/898/0046-сон)

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligiga ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi qismida hamda 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligining nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori hamda uning o'rinbosarlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar o'simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o'rinbosarlari; tuman (shahar) o'simliklar karantini va himoyasi bo'limlarining boshliqlari. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy bo'linmalari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining ikkinchi qismida hamda 108-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuziladi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.