Ma'muriy javobgarlik kodeksi

260¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspektsiyasi

(260¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 август)

O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspektsiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qa'ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno), 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida), 74-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspektsiyasi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: inspektsiya boshlig'i va uning o'rinbosari — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda; mintaqaviy inspektsiyalar boshliqlari va ularning o'rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda; inspektorlar — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda. O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspektsiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 70²-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.