Кодекс об административной ответственности

257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari

(257-модда иккинчи қисмининг иккинчи — тўртинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-685-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 27.04.2021 й., 03/21/685/0373-сон)

Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo'l qo'yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo'lsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta'sir ko'rsatilgan bo'lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo'lsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo chorasi qo'llashga quyidagilar haqlidirlar: O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o'rinbosarlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning o'rinbosarlari; tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Davlat sanitariya nazorati organlari atrof-muhit va insonlar sog'lig'ini himoya qilish uchun qonun buzilishlarni tekshiradi va jarima soladi. Ular havoning ifloslanishi, shovqin, biologik xavflar va boshqa sanitariya qoidalarini buzish holatlarini nazorat qiladi. Kimga tegishli Bu vakolatlar Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o'rinbosarlari, shuningdek tumanlar va shaharlar sanitariya vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Amalda Agar zavod atmosferaga belgilangan normativdan ortiq zararli gazlar chiqarsa yoki ko'chada shovqin normativdan oshib ketsa, davlat sanitariya vrachi bu huquqbuzarlikni tekshiradi va korxonaga jarima soladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.