Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 47³, 54, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog'ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog'och ko'priklardan 100 metrgacha bo'lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to'shamali ko'priklarda chekkanlik uchun), 155³, 155⁴, 155⁵, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va ma'muriy jazo qo'llashga quyidagilar haqli:
1) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog'ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 183, 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo'limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o'rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmalarining (bo'limlarining) boshliqlari;
2) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 113-moddasi birinchi qismida, 114-moddasi birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 123, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo'yicha ichki ishlar bo'limining boshlig'i yoki boshlig'i o'rinbosarlari;
2¹) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob'yektlariga oqova suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog'ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188², 192-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo'riqlash departamenti boshlig'i va uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo'riqlash departamentining Davlat organlari ob'yektlarini qo'riqlash bo'yicha boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qo'riqlash xizmatlari boshliqlari va ularning o'rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo'limlari) huzuridagi qo'riqlash xizmatlari (bo'linmalari) boshliqlari va ularning o'rinbosarlari;
3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo'l vokzallari va aeroportlardagi bo'linmalarning boshliqlari va boshliq o'rinbosarlari, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo'l vokzallari va aeroportlardagi bo'linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarining (bo'limlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq o'rinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaxassislari;
4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 47³, 54, 56¹-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 128⁶-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo'llarida sun'iy notekisliklar va to'siqlar yaratganlik, shuningdek yo'llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog'och ko'priklardan 100 metrgacha bo'lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to'shamali ko'priklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
5) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida (avtomobil yo'llarini o'zboshimchalik bilan qazish, ularda sun'iy notekisliklar va to'siqlar yaratish, avtomobil yo'lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yo'llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo'l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yo'llarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — yo'l harakati xavfsizligi xizmatining (boshqarmasining) boshlig'i, uning o'rinbosarlari, yo'l-patrul xizmatini hamda ma'muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limining boshlig'i, muhim topshiriqlar bo'yicha bosh inspektor, inspektor (ma'muriy amaliyot bo'yicha), ma'muriy amaliyot bo'linmasining (bo'limining) boshlig'i, ma'muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko'rib chiqish bo'yicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yo'l harakati xavfsizligi bo'limining (bo'linmasining) boshlig'i, davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yo'l harakati xavfsizligi guruhining ma'muriy amaliyot bo'yicha inspektori, ular yo'qligida esa ichki ishlar bo'limining boshlig'i yoki uning o'rinbosari;
6) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — yo'l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining o'rinbosari;
7) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasida, 128²-moddasining birinchi qismida, 128³, 128⁴, 128⁷, 128⁸, 128⁹-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — yo'l-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yo'l harakati qoidalariga hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.
8) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining to'rtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig'i, uning o'rinbosarlari, patrul-post xizmatini tashkil etish bo'limining boshlig'i, muhim topshiriqlar bo'yicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (bo'lim, bo'linma) boshliqlari, uning o'rinbosarlari, patrul-post xizmati saf bo'linmalari (brigada, batalon, otryad) komandiri yoki komandirining o'rinbosari.
Ushbu modda ikkinchi qismining 2 — 8-bandlarida ko'rsatilgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda ma'muriy jazoni faqat karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob'yektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qo'llashga haqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan tashqari quyidagilar haqli:
ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining to'rtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 187¹-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo'linmalarining mansabdor shaxslari;
ushbu Kodeksning 185² va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining katta inspektorlari va inspektorlari;
ushbu Kodeksning 47-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 47⁶, 56², 56³, 56⁴, 59³, 59⁴-moddasida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 63, 66-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chog'ida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 90¹-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to'plash, tashish chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹, 91²-moddalarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanishga oid qismida), 101-moddasida (bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasiga taalluqli ishlar mustasno) va 185¹-moddasida (bundan bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar mustasno), 188-moddasida, 239²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining to'rtinchi qismida, 183, 184²,184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194, 195, 210¹-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qo'riqlash xizmatlarining (bo'linmalarining) mansabdor shaxslari;
ushbu Kodeksning 206¹-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari va inspektorlari.
Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha tuzilgan bayonnoma ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
248-modda. Ichki ishlar organlari
(248-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.