Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli:
O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning o'rinbosarlari;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i;
Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vaziri va uning o'rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning o'rinbosarlari.
Ushbu Kodeksning 175⁹, 197⁸, 198³, 198⁴, 239, 239¹-moddalarida, 239²-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ko'rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
245²-modda. Adliya organlari
(245²-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.