Jamoat fondining har yilgi ma'muriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a'zolariga haq to'lash hamda ularning o'z vazifalarini bajarish bilan bog'liq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborishi —
mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablag'larini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik to'g'risidagi yillik hisobotlarni e'lon qilmasligi —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
239¹-modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va yillik hisobotni e'lon qilmasligi
(239¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.