Ma'muriy javobgarlik kodeksi

239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi

(239-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyatni amalga oshirishi, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Bosh tashkiloti O'zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqaroligi bo'lgan va fuqaroligi bo'lmagan xodimlarining, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqaroligi bo'lgan va fuqaroligi bo'lmagan xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo'lmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o'tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va bunday tashkilotlarni tuzishni qo'llab-quvvatlashi, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan siyosiy partiyalar mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar o'tkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar o'tkazish, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o'tkazayotgan tadbirlarga ro'yxatdan o'tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan ro'yxatdan o'tkazuvchi organning roziligisiz pul mablag'lari va mol-mulk olishi yoxud ushbu manbalardan olingan pul mablag'laridan va mol-mulkdan foydalanish to'g'risidagi axborotni, shuningdek ushbu manbalar hisobidan O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi to'g'risidagi ma'lumotni belgilangan tartibda e'lon qilmasligi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o'z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o'z faoliyati to'g'risida bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag'laridan foydalanilishi to'g'risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.