Ma'muriy javobgarlik kodeksi

235-modda. Harbiy hisobdan o'tish qoidalarini buzish

(235-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan o'tish uchun chaqiruv bo'yicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro'yxatdan o'tish qoidalarini buzishi, shuningdek chaqiruv bo'yicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko'ra kelmasligi yoki turar joyi, o'qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qayerda harbiy hisobda turgan bo'lsa, shu organga o'z vaqtida ma'lum qilmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.