Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo'qotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yo'qotish yoxud yetkazib bermaslik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
227⁴-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo'qotish yoki yetkazib bermaslik
(227⁴-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-666-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/666/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.