Tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya'ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o'tish, —
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya'ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o'xshash qilib qo'yish, —
tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo'li bilan foydalangan holda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish, bundan ushbu Kodeksning 227²²-moddasida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
227²¹-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o'tish
(227²¹-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 31 октябрдаги ЎРҚ-577-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2019 й., 03/19/577/3975-сон — 2020 йил 2 февралдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.