Ma'muriy javobgarlik kodeksi

227¹⁸-modda. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan g'ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik

(227¹⁸-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 31 октябрдаги ЎРҚ-577-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.11.2019 й., 03/19/577/3975-сон — 2020 йил 2 февралдан кучга киради)

Tovarlar va transport vositalari bilan g'ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini o'zgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo'lmagan tarzda tasarruf etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.