O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya'ni shaxslar va transport vositalarining o'tkazish punktlarida bo'lishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o'tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga g'ayriqonuniy kirishi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani to'lamagan taqdirda, keyinchalik O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani to'lamagan taqdirda, keyinchalik O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
224¹-modda. O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlaridagi rejimni buzish
(224¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 15 февралдаги ЎРҚ-753-сонли Қонунига асосан учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2022 й., 03/22/753/0133-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.