Ma'muriy javobgarlik kodeksi

224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo'lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish

(224-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo'lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo'lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo'l qo'yish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.