O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz, amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim bo'lgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi, shuningdek O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasiz (yashash guvohnomasisiz), amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim bo'lgan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash guvohnomasi) bilan yashashi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yaroqsizlantirishi yoki yo'qotib qo'yishi, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yoki harakatlanish hujjatini, shuningdek O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yaroqsizlantirishi yoxud yo'qotib qo'yishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tmasdan yashashi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas'ul bo'lgan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yo'l qo'yilishi, xuddi shuningdek shaxslar tomonidan o'z turar joylarida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tmasdan yashashiga yo'l qo'yilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun quyidagi hollarda ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi, agar u:
1) o'n sakkiz yoshga to'lmagan bo'lsa;
2) oltmish yoshdan oshgan bo'lsa;
3) to'liq davlat ta'minotida bo'lsa;
4) O'zbekiston Respublikasi yoki chet davlat hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning yong'inlari, qulashi, transport vositalarining yonishi) ro'y berganligi natijasida jabrlangan bo'lsa (ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);
5) qonunga xilof ravishda hukm qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan bo'lib, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining amal qilishi sud ajrimiga ko'ra to'xtatib turilgan bo'lsa (ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun);
6) jazoni ijro etish muassasasida jazoni o'tayotgan bo'lsa yoki jazoni o'tab chiqib, bir oy ichida identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish uchun murojaat qilsa (ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);
7) uchinchi shaxslarning g'ayrihuquqiy harakatlari yoki jinoyat sodir etilganligi oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ular yo'qolganligi to'g'risida ariza bersa (ushbu faktlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan hollarda);
8) xizmat vazifalarini yoki fuqarolik burchini bajarish chog'ida, shuningdek yengib bo'lmas kuch, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ularning yo'qolganligi to'g'risida ariza bersa (ushbu hollar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda aniqlangan taqdirda).
Shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ham javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish
(223-модданинг матии Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1074-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1074/0596-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.