Ma'muriy javobgarlik kodeksi

220-modda. Qurolning va uning o'q-dorilarining muomalada bo'lishi qoidalarini buzish

(220-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 декабрдан кучга киради)

Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega bo'lgan jismoniy shaxslarning fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish uchun mo'ljallangan qurolni va uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish qoidalarini buzishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini to'lab shu qurolni va o'q-dorilarni olib qo'yishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — qurolni va o'q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xizmat qurolini va uning o'q-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish qoidalarini xizmat qurolidan va uning o'q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo'lgan davlat organlarining mansabdor shaxslari hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan buzish, xuddi shuningdek qurolni va uning o'q-dorilarini, o'qotar qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega bo'lgan yuridik shaxslarning qurol va uning o'q-dorilari, o'qotar qurolning asosiy qismlari but saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta'minlashga doir majburiyatlar o'z zimmasiga yuklatilgan mas'ul xodimlari tomonidan buzish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qurolni va uning o'q-dorilarini, o'qotar qurolning asosiy qismlarini qabul qilish, hisobga olish hamda sotish qoidalarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan buzish — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalari rasmiylashtirilgan fuqaroviy va xizmat quroliga tovushsiz o'q uzish moslamalarini hamda tunda ko'rish mo'ljallagichlarini (bundan ov qilish uchun mo'ljallagichlar mustasno) o'rnatish — tovushsiz o'q uzish moslamalarini va tunda ko'rish mo'ljallagichlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.