Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar bo'lgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chog'ida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini to'plash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg'alash tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(219-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-1059-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1059/0357-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.