Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlamaslikda ifodalangan tarzda buzilishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish milliy standartlariga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
215⁹-modda. Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlamaslik
(215⁹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 18 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.