O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'yektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki ob'yektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma'lumotlarning to'liqligini ta'minlamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
215⁶-modda. O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'yektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik
(215⁶-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-666-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/666/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.