Ma'muriy javobgarlik kodeksi

215³-modda. Soliq to'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risida axborot taqdim etish tartibini buzish

(215³-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq to'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko'rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o'z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko'rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.