Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar yetkazilishiga, shu jumladan muvofiqlik sertifikatini berishni asossiz ravishda rad etganlik, muvofiqlik sertifikatining yoxud muvofiqlik to'g'risidagi deklaratsiyaning amal qilishini asossiz ravishda to'xtatib turganlik yoki tugatganlik natijasida foydaning boy berilishiga olib kelsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
214-modda. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish
(214-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 7 июлдаги ЎРҚ-852-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.07.2023 й., 03/23/852/0461-сон — 2023 йил 9 октябрдан кучга киради)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari — mahsulotning sifati va xavfsizligini tekshirish uchun belgilangan talablar. Agar kompaniya yoki rasmiy shaxs bu qoidalarni buzsa, masalan, sertifikat berishni asossiz rad etsa yoki noto'g'ri tekshirish o'tkazsa, u jarima to'lashi kerak.
Kimga tegishli
Bu qoida sertifikatlashtirish organlari, mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va mansabdor shaxslarga tegishli.
Amalda
Agar sertifikatlashtirish organi xavfsiz bo'lmagan mahsulotga sertifikat bersa va bu inson kasallanib qolsa, u organning rahbari 10 dan 40 baravari miqdorda jarima to'lashi kerak. Agar u bir yil ichida yana xuddi shunday qilsa, jarima 40 dan 60 baravari miqdorga ko'payadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.