Ma'muriy javobgarlik kodeksi

21¹-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish

(21¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo'llash bilan qo'rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qo'rqitish natijasida shaxs o'z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo'lsa, ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi. Ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo'llash bilan qo'rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo'rqitish oqibatida shaxs o'z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo'lsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.