Ma'muriy javobgarlik kodeksi

21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish

(21-модда Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-289-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 17-сон, 168-модда)

Sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo'lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 308¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.