To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
To'yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
192¹-modda. To'ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o'tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik
(192¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 17 мартдаги ЎРҚ-612-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.03.2020 й., 03/20/612/0326-сон — 2020 йил 19 июндан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.