Ma'muriy javobgarlik kodeksi

191-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar

(191-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish — ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda ishtirok etishga jalb qilish — ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish yoki o'tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'i provayderlari tomonidan xizmatlar ko'rsatish yoki xizmatlar ko'rsatishga ko'maklashish, tegishli dasturiy ta'minotdan nusxa ko'paytirish, uni ko'paytirish, tarqatish — kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.