Ma'muriy javobgarlik kodeksi

188-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish

(188-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste'mol qilishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud alohida toifadagi kuchli ta'sir qiluvchi moddalar hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta'sir qiladigan moddalarni yoki vositalarni iste'mol etishga jalb qilish, — o'n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoqqa olish qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.