Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 116¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lmasa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda o'tkazish yoki O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
185⁵-modda. Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi
(185⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1132-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1132/0378-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.