Ma'muriy javobgarlik kodeksi

185-modda. Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish

(185-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 декабрдан кучга киради)

Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig'li sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish — qurolni va o'q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. O'qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish — qurolni va o'q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.