Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to'g'risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko'rsatmasini o'z muddatida bajarmaganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto'g'ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
178¹-modda. Reklama to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(178¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Reklama qonuniga amal qilmaslik uchun jarima**
Nimani anglatadi
Reklama berish qoidalariga amal qilmagan odamlar va rahbarlar jarima to'laydi. Bu reklama hujjatlarini o'z vaqtida topshirmaslik, yolg'on ma'lumot berish, noto'g'ri reklama qilish yoki qonun taqiqlagan mahsulotni reklama qilishni o'z ichiga oladi.
Kimga tegishli
Fuqarolar, kompaniya rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar ushbu qoidalarga javobgardir.
Amalda
Bir kompaniya sog'liq haqida yolg'on reklama berdi va davlat organi buning to'xtatilishini buyurdi. Agar kompaniya bu buyruqqa amal qilmasa, bazaviy miqdorning besh baravaridan yetti baravarigacha jarima to'laydi. Agar bir yil ichida yana xuddi shunday qilsa, jarima yanada ko'payadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.