Ma'muriy javobgarlik kodeksi

176³-modda. Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug'ullanish

(176³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)

Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug'ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.