Ma'muriy javobgarlik kodeksi

174-modda. Soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash

(174-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)

Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob'yektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko'rsatish, shuningdek soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin tovlash, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Daromadlar to'g'risida deklaratsiya taqdim etishdan bo'yin tovlash, deklaratsiyani o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha bo'lgan miqdor hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.