Ushbu Kodeks 227¹⁰-moddasining ikkinchi qismida va 227¹³-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 227¹⁶-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni o'z zimmasiga olgan shaxs ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs ma'muriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri axborot ko'rsatilganligi oqibatida sodir etilgan bo'lsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi e'tiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
17²-modda. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma'muriy javobgarligi
(17²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-720-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/720/0930-сон — 2022 йил 6 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.