Ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalarni sotish —
video kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Tegishli ruxsat olmay turib video muassasalarni (videoyozuvli kassetalarni ijaraga berish punktlari, videozallar, kabel televideniyesi studiyalarini) ochish yoki bunday muassasalarni yopish to'g'risida qaror qabul qilinganidan keyin ham ularning faoliyatni davom ettirishi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Video muassasalarda ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalardan foydalanish —
videoyozuvli kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
videoyozuvli kassetalarni va video apparaturani musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
167-modda. Videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalarning ishlash qoidalarini buzish
(167-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.