Ma'muriy javobgarlik kodeksi

165-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(165-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)

Faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaxs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to'g'risida yolg'on yoki noto'g'ri axborot taqdim etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo'lgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shug'ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug'ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Litsenziyalanishi lozim bo'lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug'ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.