Ma'muriy javobgarlik kodeksi

159-modda. Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini, ko'p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish

(159-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish (bundan ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno), ko'p kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ko'p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ko'p kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) to'siq konstruktsiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o'zgartirish va (yoki) rekonstruktsiya qilish, shu jumladan ko'p kvartirali uylarda va ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o'zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ko'p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini o'zboshimchalik bilan betonlashtirish, shuningdek ushbu yer uchastkasiga qurilma yoki konstruktsiyalar o'rnatish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida (to'siq konstruktsiyalarga oid qismida) va to'rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko'p kvartirali uydagi to'siq konstruktsiyalarning amalga oshirilgan o'zgartirilishini yoki ularni rekonstruktsiya qilish tufayli yo'l qo'yilgan buzilishlarni, ko'p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), betonlashtirilgan joylarni, o'rnatilgan qurilma yoki konstruktsiyalarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.