Ma'muriy javobgarlik kodeksi

155¹-modda. Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish

(155¹-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-964-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/964/0736-сон — 2024 йил 22 декабрдан кучга киради)

Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo'lgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yo'q qilib yuborilishiga, to'sib qo'yilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik konfidentsial axborot mavjud bo'lgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.