Yo'lovchining transportda chiptasiz yurishi, o'n yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan bolalarni chiptasiz olib yurish:
a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi,
b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bolalarni chiptasiz olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yo'lovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yo'lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
144-modda. Transportda chiptasiz yurish
(144-модда биринчи қисми «а» кичик бандининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.