Ma'muriy javobgarlik kodeksi

128³-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi

(128³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko'p bo'lmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining to'qqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi — to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni o'lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri ko'rsatkichlaridagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma'muriy jazo chorasi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.